Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 15 kishi devor ostida halok bo‘ldi

Hindistonda 15 kishi devor ostida halok bo‘ldi

Foto: «News.ru»

Hindistonda kuchli tropik jala tufayli bino devori odamlarning ustiga qulab tushdi. Natijada kamida 15 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda, deb yozadi «Regnum».

«NDTV» telekanali jurnalistlarining ma’lum qilishicha, noxush hodisa 2-dekabr kuni ertalab Tamilnad shtati Koimbatur shahrida yuz bergan. Suv oqimi devorni qulatib yuborgan. Ayni vaqtda qutqaruvchilar devor ostidan tirik qolganlarni izlashda davom etmoqda.

Xabarga ko‘ra, shtatning qirg‘oq bo‘yi hududlarida mana bir necha kundirki jala quymoqda. Bungacha tabiiy ofat oqibatida uch kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar berilgandi. Yaqin vaqtlarda Tamilnad shtatining barcha sohil bo‘yi tumanlarida jala quyishi kutilmoqda. Hukumat tegishli xizmatlar yog‘ingarchilikka tayyor ekanligini, vahimaga asos yo‘qligini ma’lum qilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring