Hindistonda 11 kishi noma’lum gazdan zaharlanib vafot etdi
Hindistonning Panjob shtatida joylashgan Gyaspur shahridagi zavodda noma’lum gaz sizib chiqishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Hindistonning ANI axborot agentligi xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlardan ikki nafari shifoxonada vafot etgani aytilmoqda. Hodisa qurbonlari orasida 10 va 13 yoshli ikki nafar voyaga yetmaganlar, besh nafar ayol va to‘rt nafar erkak bor.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy xizmati, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari allaqachon voqea joyida ishlamoqda. Hozirda favqulodda xizmatlar mahalliy aholiga yordam ko‘rsatmoqda, hodisa sabablarini aniqlash bilan ham shug‘ullanmoqda.
Panjob shtati rahbari Bhagvant Mann voqeada halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter