Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Pokiston bilan to‘qnashuvda qancha odam qurbon bo‘lganini ochiqladi

Hindiston Pokiston bilan to‘qnashuvda qancha odam qurbon bo‘lganini ochiqladi

Pokiston va Hindiston keskinligida hind tomonidan 16 kishi halok bo‘ldi. 

Pokistonning hujumlarida 16 kishi, jumladan, uch ayol va besh bola halok bo‘ldi, deya xabar beradi Hindiston Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Vazirlikning bildirishicha, Hindiston qo‘shinlari Pokiston hududidan minomyot va artilleriya o‘qlarini to‘xtatish uchun javob choralarini ko‘rgan. 

7-mayga o‘tar kechasi Hindiston Pokiston hududi va Kashmirning u nazoratidagi qismidagi bir nechta nishonlarga zarba berdi. Ta’kidlanishicha, 9 ta “terrorchilik infratuzilmasi” ob’yekti nishonga olingan. Pokiston rasmiylari halok bo‘lganlar soni 30 dan oshganini ma’lum qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring