Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchining qo‘pol xatosi tufayli 29 kishi halok bo‘ldi (video)

Haydovchining qo‘pol xatosi tufayli 29 kishi halok bo‘ldi (video)

Meksika janubidagi Oaxaka shtatida avtobusning daraga qulashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 15 nafar ayol voqea joyida, ulardan ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan vaqtda, shuningdek, 13 nafar erkak va bir bola halok bo‘lgan.

Dastlabki rasmiy xabarda qurbonlar soni 27 kishi, jarohatlanganlar soni esa 17 nafar ekani aytilgan.

Vakolatli organ avtobus kuzatuv kamerasida olingan tasvirlarni e’lon qildi. Unda haydovchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani aks etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring