Harbiy kinologni o‘z ovcharkalari g‘ajib tashladi – Avstriya
Avstriyada xizmat itlari ularni boqqan kinologni g‘ajib tashlashdi, deb xabar berdi «Daily Mail».
31 yoshli serjant 2017-yildan beri itlar bilan ishlagan, u poytaxt yaqinidagi qismda hayvonlar parvarishiga mas’ul bo‘lgan. Xizmat joyiga kelganida ikkita Belgiya ovcharkasi qafasdan qichib, hududda aylanib yurganini ko‘rib qoldi. To‘satdan hayvonlar unga tashlanib, g‘ajib tashlashadi.
Avstriya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, itlardan biri xizmat uchun to‘liq tayyorgarlikdan o‘tgan, ikkinchisi endi o‘rgatila boshlanishi kerak edi.
Avstriya prezidenti Aleksandr van der Bellen halok bo‘lgan harbiyning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Avstriya armiyasida 170 ta xizmat iti bor.
Belgiya ovcharka zoti o‘zi yaqinda mashhur bo‘lib ketgandi. Bu zot vakillaridan biri — malinua — Ishid yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish operatsiyasida qatnashdi. Shundan so‘ng malinuaning bahosi birdan ko‘tarilib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter