Hamyoni o‘g‘irlangan ayol politsiyaning e’tiborsizligidan charchadi va o‘g‘rini o‘zi topishga qaror qildi
O‘g‘ri Bangkokda (Tailand) yashovchi Parichat ismli ayolning hamyonini o‘g‘irlab ketdi va jabrlanuvchi zudlik bilan politsiyaga murojaat qildi.
Ammo xonimni politsiyaning harakatsizligi ajablantirdi. Ya’ni ichki ishlar xodimlari ayolning hamyoni haqiqatan ham o‘g‘irlanganligini isbotlamaguncha uning arizasini qabul qilishni xohlamadilar. Noiloj qolgan Parichat o‘g‘irlikni isbotlashga o‘zi kirishdi. O‘g‘irlik sodir bo‘lgan do‘konga borib, xavfsizlik kamerasidan jinoyatchining suratini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, uning yo‘qolgan kartasidan o‘sha zahoti boshqa do‘kondan xarid uchun to‘lov to‘langan. Parichat o‘sha do‘konga borib yana shu jinoyatchining tasvirini oldi. Ushbu dalil bilan u yana politsiyaga bordi va yana rad javobiga duch keldi. Jabrlanuvchi ayol to‘rt marta politsiya bo‘limiga borganiga qaramay, mas’ullar undan ariza olib qolishmagan.
Ilojsiz qolgan Parichat o‘g‘rining suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan va uning aybdorligini isbotlagan kishiga mukofot puli to‘lashga va’da bergan. Ajablanarlisi shundaki, Parichat qo‘shimcha qilishicha: o‘g‘rining o‘zi uning oldiga kelishi, hamyonni qaytarishi mumkin va bu holda u nafaqat o‘g‘rini kechiradi, balki va’da qilingan mukofotni ham to‘laydi. Ijtimoiy tarmoqdagi ushbu g‘ayritabiiy e’londan so‘ng politsiya darhol Parichat bilan bog‘lanib, undan ariza yozdirib olishdi. Garchi o‘g‘irlik qurboni – ayol politsiya o‘rniga allaqachon o‘g‘rini topgan bo‘lsada, tergov qanday ketayotgani noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter