Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gvatemalada xavfli Fuego vulqoni qisqa tanaffusdan so‘ng uyg‘ondi

Gvatemalada xavfli Fuego vulqoni qisqa tanaffusdan so‘ng uyg‘ondi

Foto: «TASS Russian News Agency»

Gvatemala (Markaziy Amerika)da Fuego vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmatiga asoslanib «Regnum» xabar berdi.

Fuego vulqoni mamlakat nomi bilan bir xil ataluvchi poytaxtdan 50 kilometr olisda joylashgan. Vulqonning faollik darajasi yuqori — Milliy seysmologiya, vulqonshunoslik, meteorologiya va gidrologiya instituti shunday xulosa berdi.

Vulqon atrofida 5 kilometr radiusda kul qoplami hosil bo‘lgan, lava oqimi esa 1,3 kilometrgacha yetgan. Hodisa joyiga yaqinda yashovchi aholi ko‘chirilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Fuego oxirgi marta 2018-yilning 3-iyunida uyg‘ongandi, o‘shanda Gvatemalada 200 ga yaqin inson halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring