Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gurbanguli Berdimuhamedovga yangi maqom berildi

Gurbanguli Berdimuhamedovga yangi maqom berildi

Turkmanistonda parlamentning yuqori palatasi tugatilib, bir palatali parlament, ya’ni xalq hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahati tashkil etildi.

Davlat axborot agentligining bildirishicha, bunday qaror 21 yanvar kuni parlament palatalarining qo‘shma yig‘ilishida qabul qilingan.

Xalq maslahatiga amaldagi prezident Sardor Berdimuhamedovning otasi — sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rais etib saylandi. Prezident farmoni bilan unga «turkman millatining umummilliy lideri» maqomi berildi.

Turkmanistonda ikki palatali  parlament 2021 yilning yanvarida tashkil etilgan edi. Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik kursisini o‘g‘liga topshirganidan so‘ng mazkur parlamentning yuqori palatasiga raislik qila boshlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring