Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gurbanguli Berdimuhamedov oilasi og‘ir judolikka uchradi

Gurbanguli Berdimuhamedov oilasi og‘ir judolikka uchradi

Turkman xalqining Milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi, mamlakatning amaldagi prezidenti Serdar Berdimuhamedovning buvisi Ogulobod Berdimuhamedova 86 yoshida olamdan o‘tdi.

Ogulobod Berdimuhamedova 1937-yil 15-iyunda Go‘kdepe etrapining Babarap qishlog‘ida tug‘ilgan. Olti nafar farzandni, jumladan, sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni voyaga yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, uning turmush o‘rtog‘i, Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov 2021-yil aprelida 89 yoshida vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring