Grippga qarshi universal vaksina uchun 12 milliard dollar ajratildi
![Grippga qarshi universal vaksina uchun 12 milliard dollar ajratildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2665764271.jpg)
Fan taraqqiyoti va grippga qarshi vaksinalar juda ko‘pligiga qaramasdan, grippning barcha turlaridan himoyalovchi universal vaksina hanuzgacha ishlab chiqilmagan. «Usa.one» xabar berishicha, jahondagi eng nufuzli va boy insonlar qatoriga kiruvchi Bill Geyts va Larri Peyj grippga qarshi universal vaksina yaratish uchun 12 milliard dollar mablag‘ ajratishdi. Universal vosita istalgan shtamm, jumladan, uning pandemik turlari (davolovchi vositalar ishlab chiqarilmagan turlari) ga qarshi kurasha olishi kerak.
Butunjahon immunizatsiya haftaligi va salkam 42 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ispan grippi pandemiyasining 100 yilligi munosabati bilan bu qadam tashlandi. Texnologik magnatlar istalgan yosh toifasida va davlat sog‘liqni saqlash dasturlari orqali keng foydalanish mumkin bo‘lgan immunobiologik dorini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar uchun grantni tasdiqlashdi.
Grant olish uchun murojaatlar 22-iyungacha Bill va Melinda Geytslar fondi saytida qabul qilinadi. Grant g‘olibi inqilobiy tibbiy vosita ishlab chiqish uchun mablag‘dan tashqari homiylardan 250 mingdan 2 million dollargacha mukofot puli ham oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter