Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada namoyish: yangi qoidalar eski o‘qituvchilarga yoqmadi

Gretsiyada namoyish: yangi qoidalar eski o‘qituvchilarga yoqmadi

Foto: «Haqqin.az»

Davlat maktablariga ishga olishga tatbiq etilgan yangi tartib yuzlab grek o‘qituvchilarining noroziligini uyg‘otdi — ular poytaxt Afina ko‘chalariga namoyishga chiqishdi. Bu haqda «Focus» xabar berdi.

Gap shundaki, grek hukumatining so‘l qanoti uch yil davomida 15 ming nafar o‘qituvchini ishga joylashga va’da bergandi. So‘lchilar yangi o‘qituvchilarga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishdi.

Xuddi ana shu jihat «bir yillik shartnoma»ga tirkab qo‘yilgan eski o‘qituvchilarga yoqmadi. «Adolatsizlik», deyishdi kasaba uyushmasidagilar. Va ana shu notenglikni «to‘g‘rilash» uchun eski o‘qituvchilarni ish tashlashga chorlashdi.

Parlamentga kirishga uringan namoyishchi-o‘qituvchilarni boshqa bir kasb egalari — politsiyachilar qalqonlar va dubinkalar bilan qarshi oldi. Namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilgan, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanilgan.

Kim «achchiq saboq» olishini voqealar rivoji ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring