Tbilisidagi namoyishchilar yana shahar markazida to‘planmoqda
Tbilisidagi namoyishchilar yana shahar markazida to‘planmoqda, deb xabar berdi BBC.
Bugun kechqurun kamida uchta — mamlakatning Birinchi telekanali binosi, Rustaveli maydonidagi parlament binosi va hukumat ma’muriyati binosi oldida norozilik namoyishi rejalashtirilgan.
Milliy telekanal yonida yig‘ilganlar telekanal rahbariyatining iste’fosini talab qilishmoqda. Telekanal bir necha namoyishchiga bugun kechki efir paytini ajratishga va’da bergan.
Kecha namoyishchilar va politsiya o‘rtasida qattiq to‘qnashuvlar yuz berib, politsiya maxsus kuchlari suv purkagichlar vositasida namoyishchilarni Gruziya parlamenti binosidan uzoqlashtirgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ham qo‘llanilgan.
Mamlakat IIV namoyishni tarqatish paytida yuzdan ortiq odam hibsga olingani haqida xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter