Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘oyib bo‘lgan Alla Pugachyovaning daragi chiqdi

G‘oyib bo‘lgan Alla Pugachyovaning daragi chiqdi

Xonanda Alla Pugacheva Rossiyaga qaytgani aytilmoqda. Bu haqda Baza Telegram kanali o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

«U bugun kechqurun (2-noyabr) Pskov viloyatidagi chegara punkti orqali mamlakatga kirdi. Keyin Pugachyova qora Toyota Camry mashinasiga o‘tirib, haydab ketdi», — deya ta’kidlaydi jurnalistlar.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Pugachyova Rossiya Federatsiyasiga yolg‘iz qaytgan: uning eri, komediyachi Maksim Galkin u bilan birga bo‘lmagan.

Galkin va uning rafiqasi Rossiyani tark etib, 2022-yil oktyabr oyida Isroilga uchib ketishgandi. 

Avvalroq Alla Pugachyova bolalari bilan Isroildan ketganidan keyin g‘oyib bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring