Alla Pugachyova Isroildan ketganidan keyin g‘oyib bo‘ldi
![Alla Pugachyova Isroildan ketganidan keyin g‘oyib bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1780682536.jpg)
SSSR xalq artisti Alla Pugachyova bolalari bilan Isroildan ketganidan keyin g‘oyib bo‘ldi. kp.ru nashri ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi yaqinlari bilan aloqaga chiqmagan.
Nashrning yozishicha, tanishlar ham, uning qarindoshlari ham Alla Pugachyova bilan bog‘lana olmagan, qo‘shiqchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob bermayapti. U yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ham jim. Xonandaning yaqinlarining xabar berishicha, uni bir necha kundan beri hech kim ko‘rmagan, hech qanday xabar ham yo‘q.
Qo‘shiqchi haqida xabar berilgan manbada: «Albatta, Pugachyova va bolalar Isroilda emas. Ammo ular Kiprda ekanligi haqida ham ma’lumot yo‘q», deya xavotir bildirilgan.
Avvalroq Alla Pugachyova urush boshlangani sabab Isroildan Kiprga chiqib ketayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter