Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Braziliya tashabbusi bilan tuzilgan global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 80 dan ortiq davlat qo‘shildi. Bu haqda ushbu mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva «Kattta yigirmalik» (G20)ning Rio-de-Janeyrodagi sammiti ochilish marosimida ma’lum qildi.
Aniqroq faktlarda: alyansga 82 ta mamlakat, 26 ta xalqaro tashkilot, 9 ta moliya muassasasi, 31 ta nohukumat va xayriya tashkiloti a’zo bo‘ldi.
Alyans matbuot xizmati e’lon qilgan ma’lumotda a’zolar qatorida, xususan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Afrika hamda Yevropa ittifoqlari nomini ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter