Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyaga xavfli virus hujum qildi

Germaniyaga xavfli virus hujum qildi

Foto: «Irkraibbg.ru»

Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn yeriga H5N8 parranda grippiga mansub xavfli virus hujum qildi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Mahalliy hukumatning xabariga ko‘ra, qisqa fursat ichida birgina fermada sakkizta jo‘ja nobud bo‘lgan. Qolgan kasal qushlar aniqlanib, yo‘q qilingani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, virus Germaniyaning yana bir yeri — Quyi Saksoniya parrandachilik fabrikasida ham qayd etilgan. Niderlandiya ham shunga o‘xshash muammoga duch keldi: qishloq xo‘jaligi vazirligi 200 mingta tovuqni so‘yishga buyruq berdi.

Bu yil parranda grippi o‘chog‘i Rossiyada ham aniqlandi. Avgustning boshlarida xonaki g‘oz va yovvoyi o‘rdaklarda H5N8 parranda grippi virusi qayd etilgan.

Yuqori patogen parranda grippi — qishloq xo‘jaligi va yovvoyi parrandalarning o‘tkir virusli kasalligi bo‘lib, nafas hamda oshqozon-ichak yo‘llarini zararlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring