Germaniyada Merkel portreti aks etgan oltin tangalar chiqarildi

Germaniyada kansler Angela Merkelning 16 yillik davri tugaganini xotirlash maqsadida siyosatchi tasviri tushirilgan sof oltindan tangalar chiqardi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Tangalar va qimmatbaho metallar bilan shug‘ullanuvchi onlayn-do‘konlar 50 yevroga esdalik sovg‘ani taklif qilishmoqda. Tanga 999 karatli oltindan tayyorlangan, vazni 0,58 g, o‘lchami 12,5 mm.
Nodir tanganing egalari kam bo‘ladi — u 5 ming nusxada zarb qilingan. Esdalik sovg‘ada Merkel mamlakatni boshqargan yillar qayd etilgan — 2005-yildan 2021-yilgacha.
Ta’kidlash joizki, Angela Merkelning muxlislari Germaniyada bozorga yaqinda kirib kelgan siyosatchi shaklidagi o‘yinchoqlarni, shuningdek kansler boshi ko‘rinishidagi marsipanlarni xarid qilishlari mumkin.
26-sentyabrda Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Angela Merkel o‘z nomzodini ilgari surmagan. CSU hukmron partiyasi Armin Lashet tomonidan taqdim etilgan. Biroq, so‘rov natijalariga ko‘ra, Olaf Shols boshchiligidagi sotsial-demokratlar hali ham saylovoldi poygasida oldinda borishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter