Yevropa Ukraina urushi uzoq davom etishi mumkinligiga tayyorlanmoqda
Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti oldidan so‘zlagan nutqida, Ukrainadagi mojaro uzoq davom etishi mumkinligini taxmin qildi.
Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Sholsning fikricha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga moliyaviy, gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishi kerak.
«Biz bu urush uzoq vaqt davom etishi mumkinligini tushunishimiz kerak. Shuning uchun biz bu yerda kelishib, belgilangan yo‘nalishni uzoq vaqt saqlab qolishga tayyormiz, deb aytishimiz juda muhim», dedi Shols.
Kanslerning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga yordam berish masalasini prezident Vladimir Zelenskiy bilan muhokama qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter