G‘azo sektoridagi tutqunlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – Elchixona
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ayrim OAVlar tarqatayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi. Ular Isroil-Falastin to‘qnashuvi chog‘ida asirga olingan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatgan.
Elchixonaning ma’lum qilishicha, shu paytga qadar idoraga Isroil va G‘azo sektoridagi eskalatsiya zonalarida majburan ushlab turilganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Shuningdek, diplomatik idora bayonotida, hozirda mamlakatdagi O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilayotgani ta’kidlanadi.
Mamlakatdagi O‘zbekiston fuqarolaridan esa o‘zlari joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni diplomatik missiyaning elektron manziliga jo‘natish so‘ralmoqda.
Bundan tashqari, ularga o‘zlari haqida ushbu havolada keltirilgan hujjatni to‘ldirish tavsiya qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter