Dunyodan uzilgan G‘azo sektorida nimalar sodir bo‘lmoqda?
Isroil G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyalar ko‘lamini kengaytirayotganini ma’lum qildi.
Falastin-Isroil mojarosining so‘nggi voqealari haqida qisqacha:
- HAMAS vakili Isroilning 5 kun hujumlarni to‘xtatib turishi evaziga asirga olingan xorijliklar ozod qilinishini bildirdi;
- G‘azo sektorida aloqa va internet ishlamay qoldi;
- G‘azo sektori mojaro boshlangan paytdan beri «eng kuchli o‘qqa tutilishi»ni boshidan kechirmoqda;
- Isroil G‘azo sektorini tanklarda ham o‘qqa tutishni boshladi;
- G‘azo sektori tashqi dunyodan butunlay uzilgan, dedi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati vakili;
- G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish qarori garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin qabul qilingani aytildi;
- Qo‘shma Shtatlar Isroilni G‘azodagi to‘liq miqyosdagi quruqlikdagi operatsiyadan voz kechishga ishontirishga harakat qilmoqda, buning o‘rniga ko‘proq «maqsadli» havo hujumlariga e’tibor berishini so‘rayapti;
- HAMAS harakati BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyusiya qabul qilinganini olqishladi, biroq Isroil bu rezolyusiyani rad etib, HAMASni yo‘q qilmoqchiligi bildirdi;
- Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridagi aholi punktlariga qator hujumlar uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
- Isroil armiyasi bir kechada G‘azo sektori shimolidagi 150 ta yer osti nishoniga, jumladan tunnellar va boshqa yer osti infratuzilmalariga zarba berganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter