Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘arb mamlakatlari BMT XKning Haniya o‘ldirilishi bo‘yicha bayonoti loyihasini blokladi

G‘arb mamlakatlari BMT XKning Haniya o‘ldirilishi bo‘yicha bayonoti loyihasini blokladi

Foto: UN News

AQSh, Britaniya va Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining Rossiya tomonidan kiritilgan matbuot uchun bayonot loyihasini blokladi. Unda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi qoralangan edi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravaniy ma’lum qildi.

«Isroilning vahshiy xatti-harakatini qoralash maqsadida Rossiya taklif qilgan matbuot uchun bayonot loyihasi Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan bloklandi», — dedi Eron vakili BMT XK yig‘ilishida.

Avvalroq, Ismoil Haniya o‘ldirilishi hamda Isroilning Bayrutga raketa zarbalari berishiga javoban Eron BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring