Galaktikamizda Yerga o‘xshash yana bir sayyora topildi
Polshalik astronomlar tomonidan Somon yo‘li galaktikasida «OGLE-2016-BLG-1928» deb nomlangan kichik sayyora topildi. U o‘z yulduziga ega emas va shuning uchun uni «yolg‘on sayyora» deb atashadi.
Astronomlar bu osmon jismi Quyosh atrofida aylanishi yoki aylanmasligini hisoblashdi - uning tortishish kuchini Yer bilan taqqoslasa bo‘ladi. Unda hayot mavjud bo‘lishi taxmin qilingan.
Olimlar o‘zlarining kashfiyotlarini juda murakkab hisob-kitoblar yordamida amalga oshirdilar, yulduzlardan yorug‘lik harakati yo‘nalishini tahlil qildilar.
«OGLE-2016-BLG-1928» - bu galaktikadagi yagona yolg‘on sayyora emas. Amerikalik astronomlarning fikriga ko‘ra, Somon Yo‘lida yuz minglab bunday sayyoralar mavjud. Dastlabki versiyaga ko‘ra, ular yulduzlar atrofida shakllangan, so‘ngra boshqa ob’yektlar bilan tortishish kuchi ta’sirida o‘z tizimidan chiqarib yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter