Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaitida zilzila qurbonlari soni mingdan oshib ketdi

Gaitida zilzila qurbonlari soni mingdan oshib ketdi

Foto: «By.tsargrad.tv»

Gaitida kuchli zilzila yuzlab insonlarning yostig‘ini quritgani haqida xabar bergandik. Bir kunda vafot etganlarning soni qariyb ming kishiga ko‘paydi.

Gaitidagi zilzila qurbonlari soni qariyb 1300 kishiga yetdi. Bu haqda respublika fuqaro muhofazasi boshqarmasiga tayanib MIR 24 xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kamida 5700 kishi jarohatlangan, ularning yarmidan ko‘pi shifoxonaga yotqizilgan. Qayd etilishicha, rasmiylar vayronalar ostidan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda. Gaitida bo‘lgan Rossiya fuqarolari so‘nggi 24 soat ichida elchixonaga yordam so‘rab murojaat qilishmagan.

Shanba kuni Gaitida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat janubida 13 mingga yaqin bino vayron bo‘lgan, hukumat bir oyga favqulodda holat joriy qilgan.

Chili, Kolumbiya, Meksika va Dominikan respublikasi rasmiylari Gaitiga gumanitar yordam samolyotlarini yuborishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring