Fransiyada toshqin qurbonlari ko‘paymoqda
Fransiyaning Var departamentida suv toshqini natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «BFMTV» telekanali.
Tanneron kommunasida bedarak ketgan deb hisoblangan er-xotinning murdasi topildi. Bungacha tabiiy ofatning ikki nafar qurboni haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, Sent-Antonen-dyu-Var kommunasida qutqaruvchilar keksa kishini izlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya janubi-sharqidagi ikkita departamentda suv toshqini tufayli xavf-xatarning qizil darajasi e’lon qilingandi, keyinchalik to‘q sariq darajagacha tushirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter