Foto: Buni ko‘rganingizdan keyin Yevropa xaritasiga avvalgidek qaramasligingiz aniq
Italiyaning poyabzalga o‘xshashini barcha yaxshi biladi – bu aniq haqiqat, lekin Yevropaning boshqa davlatlari haqida nima deyish mumkin?
Zackabier taxallusli germaniyalik YouTube foydalanuvchisi bu savolni o‘ziga berib ko‘rdi. U ko‘hna qit’a xaritasini diqqat bilan ko‘rib chiqishga qaror qildi va Yepropa ijodkorlar ko‘zlari bilan qaraganda qanday ko‘rinishini taxmin qildi.
Shunday qilib, u qit’aning 48 mamlakati konturasini diqqat bilan o‘rgandi. Dastlabki qaraganda ularning ko‘pchiligi butunlay shaklsiz va hech narsaga o‘xshamasdi, ammo Zackabier ijodiy fikrlashga ozgina tasavvur qo‘shilsa, hatto bir tomchi ham, aytaylik, mushukchaga aylanishi muminligini isbotladi. Ba’zi suratlar juda oddiy bo‘lib chiqdi, ayrimlari, aksincha, eng kichik detallari va tafsilotlari bilan qandaydir jonzotga aylandi-qoldi. Masalan, Xorvatiya – uchib ketayotgan ertaknamo ajdarchaga, Estoniya – sovuqqon bo‘riga, Finlyandiya – delfinga o‘xshagan bo‘lsa, Buyuk Britaniya burnidan hovur chiqarayotgan qizil ajdar, Fransiya – boyo‘g‘li, Sloveniya – qichqirgancha chopib borayotgan xo‘roz, Polsha – o‘kirayotgan sher tarzida tasvirlangan. Eng ajoyibi Ruminiya – bolajonlar sevib tomosha qiladigan multfilm qahramoni – Nemo.
Eng muhimi, Yevropaning bu vizual talqini juda qiziqarli aks etdi va siz ko‘rgan narsalaringizdan so‘ng endi ko‘hna qit’a xaritasiga avvalgidek qaramasligingiz aniq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter