Fermerning dalasida 5 million funtlik xazina topib olindi — Britaniya
Buyuk Britaniyaning Somerset grafligida yashovchi xazina qidiruvchi er-xotin, ehtimol, mamlakat tarixidagi eng katta xazinani topib olishdi. Xazina ming yildan ortiq hozir fermerga qarashli yer ostida yotgani haqida «Dailu Mail» yozmoqda.
O‘sha baxtli insonlar — Adam Steypls va Liza Greys. Xazina yetti oy ilgari topilgan va London muzeylaridan birida ekspertiza qilinayotgan edi, tafsilotlar aniqlangach, ommaga ma’lum qilindi.
Ekspertlar nimalarni aniqlashdi? Mana shu topilgan jami 2571 dona kumush tanga qirol Garold II Godvinson davridan qolgan ekan. Garold II 1066-yili atigi to‘qqiz oy taxtda o‘tirgan. Keyin esa Vilgelm boshchiligidagi normannlar istilosi boshlangan...
Har bir kumush tanga 1 mingdan 5 ming funt sterlinggacha baholandi. Agarda topilmani muzey saqlash uchun olmoqchi bo‘lsa, unda xazinani topganlar va yer egasiga mukofot pulini to‘laydi. Aks holda xazina topuvchilarning o‘zlari tangalarni kimoshdi savdosiga qo‘yishga haqli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter