Cherchillning sobiq saroyidan tilla unitaz o‘g‘irlab ketildi

Angliyadagi Blenheym saroyidan 2,8 mln funt sterling qiymatidagi oltin unitaz o‘g‘irlab ketildi, deb xabar berdi Sky News.
«Amerika» deb nomlangan ushbu unitazni italyan rassomi Mauritsio Kattelan 18 karatli oltindan yasagan. Uning og‘irligi — 98 kg bo‘lib, 6 mln dollarga sug‘urtalangan edi.
Bu g‘ayrioddiy san’at asari Oksfordshir shahri tashqarisidagi Blenheym saroyiga ko‘rgazma payti keltirilgan edi. Bu saroyda taniqli siyosatchi Uinston Cherchill dunyoga kelgan.
O‘g‘irlikda gumon qilingan oksfordlik 39 yoshli Maykl Jons aybini bo‘yniga olmadi. Uning sheriklari sifatida qo‘lga olingan 36 yoshli Frederik Sayns va 41 yoshli Bora Gukkuk ham hozircha iqror bo‘lishgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter