Yevroparlament Rossiya va Belarusni SWIFTdan to‘liq o‘chirishga chaqirdi
Yevroparlament deputatlari Rossiyaning Ukrainaga hujumi qoralangan rezolyusiyani bir ovozdan qabul qilishdi.
Rezolyusiyada asosan quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
- Yevroparlament deputatlari Yevropa Ittifoqini ushbu ittifoqqa a’zo bo‘lish uchun Ukrainaga nomzodlik maqomini berishga chaqirishdi.
- Rossiyadan neft va gaz importini cheklash hamda barcha portlarni Rossiya kemalari uchun yopish.
- RFga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi va «iqtisodiyoti va harbiy-sanoat bazasining strategik kuchsizlanishi»ga qaratilishi kerak.
- Yevroparlament YIni Rossiya va Belarusni SWIFTdan to‘liq o‘chirishga chaqirdi.
- YI mamlakatlarida RFning diplomatik va konsullik vakolatxonalari sonini qisqartirish.
- Ukraina iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p milliardli yordam rejasi tayyorlash.
- RF va Belarusning harbiy va fuqarolik uskunalari uchun dasturiy ta’minot litsenziyalari amal qilishini to‘xtatish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter