Yevroparlament Yevropa ittifoqining yetti yillik budjetini tasdiqladi
Yevropa parlamenti Yevroittifoqning yetti yillik yangi budjetini tasdiqladi, endi budjetni YeI mamlakatlari Kengashi rasman tasdiqlashi shart, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.
Yetti yillik budjet 2021—2027-yillarni o‘z ichiga oluvchi 1,1 trillion yevrolik moliyaviy reja, keyinchalik undan YeIning yillik umumiy budjetlari «kesib» olinadi. Budjet mablag‘larining asosiy manbasi ittifoqchi davlatlardan kelib tushadigan ajratmalar.
YeI umumiy budjeti hisobidan ittifoqning hukumat organlari va turli dasturlar, xususan, iqlim masalalari, energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalar moliyalashtirib boriladi.
Bundan tashqari, Yevropa ittifoqining inqirozga qarshi 750 mlrd. yevrolik «Kelgusi avlod YeI» fondi tuziladi. Biroq uni Yevroparlament tasdiqlashi shart emas. Yevrokomissiya fondni to‘ldirish uchun bozor pullarini jalb etadi, keyin undan ittifoq mamlakatlariga mintaqaning hozirgi inqirozdan chiqishi uchun kreditlar va grantlar ajratiladi.
E’tiborli jihati, fond hamda yetti yillik budjet mablag‘larining 30 foizi iqlim bo‘yicha vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarga ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter