Yevropadagi eng tezyurar metro ishga tushdi
Yevropadagi eng tezyurar metro Istanbul shahrida ishga tushirildi, deb xabar berdi TASS.
Metro megapolisning Yevropa qismini xalqaro aeroport bilan tutashtirdi. «Kelgusida yangi yo‘nalishga boshqa stansiyalar ham ulanib, uning umumiy uzunligi 69 kilometrga yetadi», — dedi Turkiya transport vaziri Odil Qoraismoil o‘g‘li.
Shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi yo‘nalishdagi metro poyezdlari soatiga 90–120 kilometr tezlikda harakatlanadi, kuniga 800 ming nafargacha yo‘lovchini tashiydi.
Istanbulning Yevropa qismidagi temir yo‘llari jami uzunligini 380 kilometrga yetkazish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter