Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada «Boeing 737 MAX» samolyotlari parvozi vaqtincha taqiqlandi

Yevropada «Boeing 737 MAX» samolyotlari parvozi vaqtincha taqiqlandi

Foto: «Wikipedia»

Yevropa ittifoqi osmonida «Boeing-737 Max 8» va «Max 9» samolyotlari parvozi vaqtinchalik taqiqlandi. Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) xabariga ko‘ra, Efiopiyadagi aviahalokat tufayli shu qarorga kelingan.

«Ethiopian Airlines» aviakompaniyasining «ET302» reysi fojiali halokatidan kelib chiqib, Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi yo‘lovchilarning xafsizligi uchun barcha kerakli choralarni ko‘radi», — deyiladi EASA xabarida.

EASA qaroriga ko‘ra, uchinchi mamlakatlardan Yevroittifoqqa, Yevropa ittifoqidan chetga va Yevropa ittifoqi bo‘ylab yuqoridagi samolyot modellarida tijoriy reyslarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tish kerakki, «Boeing» vatani — AQShda «737 MAX 8» parvozini taqiqlamaslikka qaror qilishdi. AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi buning uchun asos yo‘q deb topdi.

«Ethiopian Airlines»ga qarashli «Boeing 737» layneri Addis-Abeba (Efiopiya) aeroportidan parvoz qilganidan so‘ng oradan olti daqiqa o‘tib, 60 kilometr uzoqlikda qulab tushgandi. Samolyot Nayrobi (Keniya)ga uchayotgandi. Uning bortidagi barcha insonlar — 157 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring