Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yevropa sekin o‘layotgan paytda Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda» – Viktor Orban

«Yevropa sekin o‘layotgan paytda Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda» – Viktor Orban

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi davlatlarini Yevropa kabi noto‘g‘ri siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, Viktor Orban Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini xato deb atagan.

«Sanksiyalar ularga qo‘yilgan umidlarni oqlamadi. Yevropa asta-sekin yaralanmoqda, bu paytda esa Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda. Bir narsa aniq: Bryusselning xato sanksiyalar siyosatini o‘zgartirish kerak», – degan u YeIning norasmiy uchrashuvida.

Shu bilan birga Orban Vengriya neft embargosidan tashqarida ekanini va qator cheklovlarga qo‘shilmaganini eslatib o‘tgan. Bosh vazirning fikricha, aynan sanksiyalar Energetik resurslarning narxini keskin oshib ketishiga olib keldi.

Vengriya bosh vaziri doimiy ravishda YeI (Yevropa Ittifoqi)ni Rossiyaga qarshi siyosati uchun tanqid qiladi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi minglab sanksiyalar mavjud, biroq ular Moskvani larzaga keltirmagan, Yevropa allaqachon to‘rtta hukumatdan ayrilgan va chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring