Yevrosanksiya. Myanma yana bir yil kutadi
Yevropa ittifoqi Myanmaga qarshi qo‘llayotgan sanksiyalar yana bir yilga — 2020-yilning 30-apreligacha cho‘zildi. Bu haqda YeI Kengashi xabar berdi.
Bu cheklovlar «ichki repressiyalar»da qo‘llanilishi ehtimoli mavjud qurol-yarog‘ va asbob-uskunalarni yetkazib berishni, harbiylar va chegara politsiyasi uchun tovarlar eksportini, kommunikatsiyalarni nazorat qilish qurilmalari bilan ta’minlashni taqiqlashni ko‘zda tutadi.
Qolaversa, inson huquqlarini buzgan 14 nafar rasmiy shaxs sanksiyaga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter