Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi sanksiyaga tushgan amaldorlar ro‘yxatini kengaytirdi

Yevropa Ittifoqi sanksiyaga tushgan amaldorlar ro‘yxatini kengaytirdi

Foto: «Reuters»

Yevropa Ittifoqi sanksiya qo‘llangan amaldorlar ro‘yxatini kengaytirdi. Buning sababi tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR)da o‘tkazilgan saylovlarga taqaladi. Bu haqda YeI ma’lumotlariga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Endi ro‘yxatda LXR yetkachiligiga saylangan Leonid Pasechnikning ham nomini ko‘rish mumkin. Uning ortida ikkala respublika qonun chiqaruvchi organi rahbarlari hisoblanmish Vladimir Bidevka va Denis Miroshnichenko turibdi. Bundan tashqari DXR va LXR markaziy saylov komissiyalari rahbari Olga Pozdnyakova va Yelena Kravchenko ham «e’tibordan chetda» qolmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring