Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga narx cheklovini kelishib oldi

Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga narx cheklovini kelishib oldi

Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari Rossiya neft mahsulotlariga narx chegarasini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, yuqori narxda savdo qiluvchilar uchun bir barrel uchun eng yuqori narx 100 dollar, chegirma uchun esa 45 dollar qilib belgilanadi.

G‘arbning Rossiya neftiga qarshi sanksiyalari 2022-yilning 5-dekabr kunidan kuchga kirgan. Yevropa Ittifoqi endi Rossiyadan dengiz orqali yuboriladigan neftni qabul qilmaydi. Bundan tashqari, G7 mamlakatlari, Avstraliya va YeI bunday neftga narx chegarasini bir barrel uchun 60 dollardan belgilab qo‘ydi, bu esa marjinal xarajatlarni to‘g‘rilash imkonini berdi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Yevropa Ittifoqining Rossiya neft mahsulotlariga nisbatan qo‘ygan embargosi bilan bog‘liq xavflarni himoya qilish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring