Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi havo kengliklarini Rossiya uchun butunlay yopdi

Yevropa ittifoqi havo kengliklarini Rossiya uchun butunlay yopdi

Foto: «Profile»

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa ittifoqi havo kengliklari Rossiya uchun butunlay yopilganini e’lon qildi.

«Biz YeI havo kengliklarini Rossiya samolyotlari uchun butunlay yopdik. Taqiqlov Rossiyaga qarashli, Rossiyada ro‘yxatga olingan va Rossiya tomonidan nazorat qilinuvchi barcha samolyotlar uchun amal qiladi. Bu samolyotlar parvoz qilib YeI havo kengliklariga kirishi yoki kesib o‘tishi hamda uning hududiga qo‘nishi taqiqlanadi», — dedi Yevrokomissiya rahbari Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ta’kidlanishicha, taqiqlov yo‘lovchi samolyotlari va xususiy biznes-jetlar uchun birdek kuchga ega. Cheklov YeIga a’zo mamlakatlarning barchasida amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring