Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlariga yordam ko‘rsatadi

Yevroittifoq qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlariga yordam ko‘rsatadi

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida joriy yil sentyabr oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan qurolli mojarodan aziyat chekkan aholi uchun 270 ming yevrodan ortiq gumanitar yordam ajratadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tojikistondagi delegatsiyasi ma’lum qildi.

«Mazkur insonparvarlik yordami Qirg‘izistonning Botken viloyati, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d va Laxsh viloyatlari hamda Rasht vodiysining eng ko‘p jabrlangan hududlaridagi 12 mingga yaqin aholini qamrab oladi», – deyiladi xabarda.

Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordami Qirg‘iziston va Tojikiston Qizil Yarim Oy jamiyatlari orqali har ikki mamlakatdagi jabrlangan oilalarga, ayniqsa, uy-joyidan ayrilganlarga yordam sifatida pul grantlarini tarqatishda yo‘naltiriladi.

Yordam, shuningdek, salomatlik va gigiyenani targ‘ib qilish, gigiyena vositalari bilan ta’minlash, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi bahsli chegarada suv, yo‘l va yaylovlarga yo‘l yo‘qligi bilan bog‘liq mojaro 14-sentyabr kuni qurolli to‘qnashuvga aylanib ketganidan so‘ng, 100 ga yaqin odam halok bo‘lgani, 150 mingdan ortiq aholi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgani xabar qilingan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring