Yetti ming yillik g‘alati haykalcha topildi
Arxeologlar Kuvaytning Bahra tumanidagi sahroda «o‘zga sayyoralikning boshi»ni eslatuvchi haykalchani topishdi.
Topilma 7 ming yil avval yasalgani taxmin qilinyapti. Bu cho‘zinchoq boshli, yassi burunli, loydan yasalgan kichkina haykalcha, deyiladi Live Science va Daily Mail bergan xabarlarda.
Tadqiqotchilar ushbu topilma qanday maqsadlarga xizmat qilgani borasida bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Balki u diniy marosimlarda qo‘llangandir, bu hozircha taxmin.
Ta’kidlanishicha, ushbu topilma «reptiloidlar» ko‘rinishidagi sirli mavjudotlarni aks ettirgan sopol haykalchalari bilan tanilgan qadimgi Ubayd madaniyati buyumlarini eslatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter