Eronda dahshatli suv toshqinlari: 7 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar mingga yaqin
So‘nggi bir necha kunning seryomg‘ir kelishi oqibatida Eron janubidagi viloyatlar, xususan, Xuziston, Fors, Busher va Xo‘rmuzgon sertalafot suv toshqinlaridan jabr ko‘rdi.
IRIB teleradiokompaniyasi mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga asoslanib xabar tarqatishicha, suv toshqinlari oqibatida Busherda ikki nafar, Xo‘rmuzgonda besh nafar inson halok bo‘lgan. Mingga yaqin inson jarohat olgan, 40 kishi qutqarib olingan.
Eron hukumati tabiiy ofat ziyon yetkazgan hududlarni tiklashni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprelidagi suv toshqinlari Eronda 20 dan ziyod insonning umriga zomin bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter