Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi

Erdo‘g‘on tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) spikeri Mustafo Shentop, Ukrainadagi inqirozni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari uchun Prezident Tayyip Erdo‘g‘onni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatganini aytdi.

«Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun Prezident Erdo‘g‘onni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdim. Mening arizam bor. Boshqa o‘lkalardan arizalar topshiriladi», – deydi Mustafo Shentop.

Ma’lumot uchun, Turkiya prezidenti Ukraina-Rossiya o‘rtasidagi urushga barham berish uchun o‘rtada vositachi rolini o‘ynab kelmoqda. Bundan tashqari, Turkiya lideri Ukraina portlarida qolib ketgan 20 million tonna don mahsulotlarini olib chiqishda jonbozlik ko‘rsatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring