Erdog‘on Isroil va Falastin urushiga munosabat bildirdi
![Erdog‘on Isroil va Falastin urushiga munosabat bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3516189732.jpg)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatni to‘xtatishga chaqirdi.
«Biz barcha tomonlarni bosiqlikka va keskinlikni kuchaytiruvchi harakatlardan qochishga chaqiramiz», dedi Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktabr kuni Isroil davlati hududiga yirik raketa hujumidan so‘ng «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Hamas harakati tarafdorlari Isroilning G‘azo sektori bilan chegarasidagi devorni buzishni boshlashgan. Shuningdek, Isroildagi ikkinchi yirik elektr stansiyasiga raketa zarbasi berilgan.
Isroilda qurbonlar soni 22 kishiga yetdi, 545 isroillik yaralangan.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Qayd etilishicha, Isroil xavfsizlik kuchlari mamlakat janubida falastinliklar tomonidan hujumga uchragan hududlarning birortasini haligacha nazoratga olmagan.
Bunga javoban Isroil G‘azo sektoriga aviazarbalar berishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter