Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdog‘on Isroil va Falastin urushiga munosabat bildirdi

Erdog‘on Isroil va Falastin urushiga munosabat bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatni to‘xtatishga chaqirdi.

«Biz barcha tomonlarni bosiqlikka va keskinlikni kuchaytiruvchi harakatlardan qochishga chaqiramiz», dedi Erdo‘g‘on.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktabr kuni Isroil  davlati hududiga yirik raketa hujumidan so‘ng «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Hamas harakati tarafdorlari Isroilning G‘azo sektori bilan chegarasidagi devorni buzishni boshlashgan. Shuningdek, Isroildagi ikkinchi yirik elektr stansiyasiga raketa zarbasi berilgan.

Isroilda qurbonlar soni 22 kishiga yetdi, 545 isroillik yaralangan.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Isroil xavfsizlik kuchlari mamlakat janubida falastinliklar tomonidan hujumga uchragan hududlarning birortasini haligacha nazoratga olmagan.

Bunga javoban Isroil G‘azo sektoriga aviazarbalar berishni boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring