Eng katta ekofiribgar o‘z joniga qasd qildi
AQShda ekologik toza mahsulotlar bilan bog‘liq mamlakat tarixidagi eng yirik firibgarlik tashkilotchisi Rendi Konstant o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.
16-avgust kuni 60 yoshli fermer 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Sud Konstantga bir necha hafta muhlat bilan turmaga o‘zi kelishiga ijozat berdi, negaki ayblanuvchiga jamiyat uchun xavfli yoki qochishga moyil jinoyatchi sifatida qaralmagandi.
Tergovchilar Konstant o‘zining don va jo‘xorilarini ekologik toza mahsulot sifatida sertifikatlangan deb sotganini isbotlashdi. Bunda u dalaga standart usulda, jumladan, kimyoviy pestitsidlar bilan ishlov bergan.
Shu tariqa u AQShda 2016 yil yetishtirilgan hamda ekologik toza mahsulot sifatida qayd etilgan 7 foizgacha jo‘xori, 8 foizgacha soya dukkaklarini sotgan. U 2010-yildan 2017-yilgacha jami qariyb 11,5 million bushel donni pullashga erishgan. Bu taxminan 3600 ta vagonni to‘ldirishga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter