Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emmanuel Makron Fransiya qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqishga qaror qilganini ma’lum qildi

Emmanuel Makron Fransiya qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqishga qaror qilganini ma’lum qildi

Fransiya Nigerda hokimiyatni qo‘lga kiritgan isyonchilar bilan harbiy hamkorlikdan bosh tortmoqda va yil oxirigacha bu Afrika davlatidan o‘z harbiylarini olib chiqadi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz hozirgi Niger hukumati bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatamiz, chunki ular endi terrorizmga qarshi kurashmoqchi emas. Biz qo‘shinlarimizni tartibli ravishda olib chiqib ketishimiz zarur. Bu yaqin haftalar ichida tashkil qilinadi. Ushbu qaror Niger bilan harbiy hamkorlik o‘z yakuniga yetganini anglatadi», – deydi Fransiya prezidenti.

Makronning aytishicha, Fransiya harbiylarini Niger hududidan to‘liq olib chiqish joriy yil oxirigacha amalga oshiriladi. Shuningdek, u Fransiya harbiylarining Nigerdan olib chiqilishi isyonchilar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini qayd etgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida Niger harbiylari prezident Muhammad Bazum hokimiyatdan ag‘darilgani va davlat chegaralari yopilganini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring