Ekvador prezidentligiga nomzod otib o‘ldirildi
Kecha, 9 avgust kuni Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Vilyavitensio Kitodagi mitingdan so‘ng otib o‘ldirildi.
Politsiya himoyasida bo‘lgan Fernando Vilyavitensio avtomobilga o‘tirishi bilan noma’lum shaxslar otishma boshlab yuborgan. Siyosatchi shifoxonaga olib borilgan. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.
Fernando Vilyavitensioga tahdidlar bo‘lgani uchun u politsiya himoyasida bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘q ovozlarini eshitishgan, shundan so‘ng og‘ir yaralangan Vilyavitensio avtomobil ichiga yiqilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchining boshiga 3 ta o‘q uzishgan. Otishma natijasida jami 8 kishi yaralangan. Politsiya Ekvador qotillikda gumon qilib, 2 kishini hibsga olgan.
«Prezidentlikka nomzod Fernando Villavitensioning o‘ldirilishidan g‘azablandim va hayratda qoldim. Uning rafiqasi va qizlariga hamdardlik bildiraman», — deb yozdi amaldagi prezident Gilermo Lasso Twitter’da.
Shuningdek, mamlakat rahbari ushbu jinoyatni jazosiz qoldirmaslikka va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter