Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston sobiq bosh vaziri 14 yilga qamaldi

Pokiston sobiq bosh vaziri 14 yilga qamaldi

Foto: «AA»

Lahor Oliy sudi Pokistonning hibsda bo‘lgan sobiq bosh vaziri Imron Xonni korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Uning rafiqasi Bushra Bibi yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deya xabar bermoqda Accosiated Press

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Xon va uning rafiqasi bosh vazirlik davrida pul yuvishda yordam berish evaziga ko‘chmas mulk boshlig‘i Malik Riazdan yer uchastkasini olgan. Sobiq bosh vazir ham xuddi shu aktivlardan Riazga pul to‘lash uchun mablag‘ ajratgan.

Bu Imron Xonning 2022-yilda iste’foga chiqqanidan beri beshinchi hukm. U avval korrupsiya, davlat sirlarini oshkor qilish va nikoh qonunlarini buzganlikda aybdor deb topilgan. Aksariyat ayblovlar uchun qamoq muddati bir xil bo‘lib, 14 yilni tashkil etdi. Biroq, keyinchalik ba’zi ayblovlar olib tashlandi.

2024-yil dekabrida Xonning «Adolat harakati» partiyasi tarafdorlari Islomobodda uning ozod etilishini talab qilib, ommaviy norozilik namoyishlarini o‘tkazdilar. Namoyishchilar Xonga qarshi ish siyosiy sabablarga ko‘ra, deb hisoblaydi.

Xonning o‘zi bir necha bor Pokiston muxolifati va Vashingtonni uni ag‘darish uchun til biriktirganlikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikka yo‘naltirilgan tashqi siyosat kursi sabab bo‘lgan.

Imron Xon 2018-yildan 2022-yilgacha Pokiston bosh vaziri lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring