Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Sindao shahrida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Mamnun Husaynni Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgani bilan tabriklab, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring