Dunyodagi eng go‘zal ayolning makiyajsiz surati chop etildi
Kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan Amerika supermodeli Bella Xadid aeroportga kosmetikasiz keldi. Paparatssi suratini «Lenta» chop etdi.
23 yoshli mashhur ayolni 6-noyabr, chorshanba kuni Londonning Xitrou aeroportida suratga olishgan. Uning egnida qora charm kurtka, katak-katak ko‘ylak, qora jinsi, vodolazka, boshida qoplon mo‘ynali qo‘ng‘ir panama. Yelkasiga 6,8 ming dollarlik «Chanel» kolleksiyasidan pochtalon sumkasini ilib olgan.
Supermodelning oyoqlarida 2019-yil yanvarda «H&M» bilan hamkorlikda Eytys brendi ostida chiqarilgan katta poshnali qora charm botinka. Suratda amerikalik mashhur ayol makiyajsiz sayohat qilayotgani ko‘rinib turibdi.
Oktyabrda Bella Xadidning tashqi ko‘rinishi ideal deb topilgan. Londonda kosmetika va plastik jarrohlik markazi rahbari, doktor Julian De Silva 23 yoshli Xadidning yuzini yuqori baholagan. Buni qarangki, uning yuzi 94,35 foiz mukammallikka yaqin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter