Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

38 yoshli «Doktor Frankenshteyn»ning o‘limiga nima sabab bo‘ldi?

38 yoshli «Doktor Frankenshteyn»ning o‘limiga nima sabab bo‘ldi?

Foto: «Balkans.kp.ru»

Maxsus ma’lumotga ega bo‘lmasdan plastik jarroh bo‘lib ishlagan, OAVda «Doktor Frankenshteyn» deya atalgan 38 yoshli Alyona Verdining o‘limiga insult sabab bo‘ldi, deya xabar berdi «Komsomolskaya pravda».

Nashrning yozishicha, o‘limidan keyingi tekshiruv ayolda gematomali insult, miyaning jiddiy zararlanishini aniqladi. Verdi shifoxonaga yotqizilishidan oldin alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan.

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan. Organizmiga ko‘p miqdorda insulin tushib, gipoglikemik komaga olib kelgan va bosh miyasi tiklanmas darajada zararlangan. Hatto, Verdi komadan chiqqan taqdirda ham, nogiron bo‘lib qolishi mumkin edi.

Alyona Verdi 15-iyun kuni Krasnodar klinikasida vafot etdi. 1-iyun kuni koma holatida reanimatsiyaga olib borishgan. Tergov xulosalariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan. Biroq boshqa taxminlar ham o‘rganilyapti.

2015-yil martdan 2017-yil oktyabrgacha Verdi Krasnodardagi o‘zining uyi va xususiy tibbiy klinikasida plastik operatsiyalarni amalga oshirgan. Uning harakatlari natijasida yetti nafar bemor badbashara bo‘lib qolgan.

Unga Rossiya Federatsiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi 2-qismining «v» bandi (iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, salomatlikka jiddiy zarar yetkazish) bilan ayblov e’lon qilingan. 4-iyun kuni Verdi ustidan sud jarayoni boshlanishi rejalashtirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring