Donetsk markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi — OAV
Donetsk markazida, «DXR hukumati» binosi yonida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy manbalar.
Ta’kidlanishicha, mahalliy vaqt bilan soat 19:00 lar atrofida «hukumat uyi» binosi yonidagi parkovkada avtomobil portlagan. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «DXR xalq militsiyasi boshlig‘i» Sinenkovning mashinasi portlagan. uning o‘zi jabrlanmagan.
Xabarda aytilishicha, bugun «DXR» va «LXR»da Ukraina qurolli kuchlari bostirib kirishi va aholining Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqatilgan.
Ukraina harbiylari mahalliy aholini ayirmachilarning gaplariga ishonmaslikka chaqirdi — hech qanday hujum rejalashtirilayotgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter